Italiyadan muhabbat bilan
Osteria Mario — Italiya oilaviy restorani
«Osteria Mario» menyusida Italiya oshxonasining eng sevimli taomlari jamlangan: rimcha pitsa, yupqa xamirda pishirilgan qarsildoq chetli pitsa, dengiz mahsulotlari qo‘shilgan xushbo‘y pomidor sho‘rvasi — «Kachukko», uy uslubidagi pasta va risotto (ustidan saxiylik bilan parmezan sepiladi), shirin pomidorlar bilan «Kapreze», to‘yimli tushlikdan keyin tetiklik bag‘ishlaydigan kuchli ristretto va, albatta, yengil «Tiramisu» hamda Mario onasining fikricha eng mazali bo‘lgan rezavorlar bilan bezatilgan havodor «Pavlova».

Biz sizga Italiyada chin dildan sevib, qadrlanadigan haqiqiy oshxonani ochib beramiz!

Osteria Mario — sabab bilan yoki sababsiz butun oila davrasida uchrashish uchun ideal maskan. Eng kichik mehmonlarimiz uchun bolalar menyusi bor, dam olish kunlari esa animatorlar kayfiyat ulashadi. Romantik uchrashuvlar va ishbilarmon suhbatlar uchun esa sokin, shinam burchaklar ham yaratilgan.

Sodiqlik dasturi

Bizning oilamizning bir qismiga aylaning va sodiqlik dasturining barcha afzalliklaridan foydalaning: maxsus takliflar, bonuslar, chegirmalar hamda eksklyuziv tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.
  • Jamg‘ariladigan bonus ballari
    Har bir buyurtma uchun bonus ballarini to‘plang va ularni chegirmalar hamda maxsus takliflarga almashtiring::
    Har bir to‘lovda buyurtma summasining 5% qismi kartangizga bonus sifatida qaytariladi.
    Agar buyurtmalaringiz umumiy summasi 3 000 000 so‘mdan oshsa — 7% bonus.
    Agar buyurtmalaringiz umumiy summasi 6 000 000 so‘mdan oshsa — 10% bonus.
  • Xush kelibsiz bonusi

    Osteria Mario’ga birinchi tashrifingizda 50 000 so‘m miqdorida bir martalik bonus taqdim etiladi.

  • Restoranda tug‘ilgan kun
    Tug‘ilgan kuningiz munosabati bilan Tug‘ilgan kun kuni buyurtma summasidan qo‘shimcha 20% keshbek taqdim etiladi.
Aloqa
Qo‘ng‘iroq: +998 97-988-99-74
Manzil: Toshkent shahri, Istiqlbol ko‘chasi, 4/1